«ayollar huquqi» tegli maqolalar


O‘zbekiston BMTga a’zo davlatlar bilan ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi ishtiroki bo‘yicha tajriba almashishdan manfaatdor
14 mart 2024, 11:50

O‘zbekiston BMTga a’zo davlatlar bilan ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi ishtiroki bo‘yicha tajriba almashishdan manfaatdor

Senat raisi Tanzila Narbayeva BMT minbarida ayollar o‘rtasida, ayniqsa, qishloqlarda STEM ta’limini targ‘ib qilish, hududlarda raqamli tafovutni bartaraf etish va diskriminatsiyaga uchraganlarga huquqiy yordam berish haqida so‘zladi. U MO mamlakatlarida gender tengligi bo‘yicha yondashuvlar ishlab chiqilganini aytdi.

O‘zbekistonda endi ayollar ham avtobus va yuk mashinasini haydashi mumkin
13 fevral 2024, 15:45

O‘zbekistonda endi ayollar ham avtobus va yuk mashinasini haydashi mumkin

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan ayollarga avtobus va yuk avtomobillarini boshqarishga ruxsat etildi. Qayd etilishicha, zamonaviy avtotransport vositalarining texnik xususiyatlari ayollarga ushbu sohalarda qulay va sog‘liqlariga zararsiz mehnat faoliyatini olib borish imkonini beradi.

«Himoya orderi» muddati 30 kundan 1 yilga uzaytirilishi mumkin
12 yanvar 2023, 18:03

«Himoya orderi» muddati 30 kundan 1 yilga uzaytirilishi mumkin

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi «himoya orderi» sud tomonidan 1 yil muddatgacha berilishi belgilanmoqda. Amalda order ichki ishlar idoralari tomonidan 30 kunga beriladi.

Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilishda javobgarliklar kuchaytirilmoqda
11 yanvar 2023, 15:32

Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilishda javobgarliklar kuchaytirilmoqda

O‘zbekistonda xotin-qizlar, bolalar va keksa yoshdagi ota-onalar huquqlarini himoya qiluvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmaganlarning nomusiga tegish, zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni qondirish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Xususan, ularga nisbatan amnistiya qo‘llanmaydi.

«Bu yerdagi ayollarning borar joyi yo‘q». O‘ziga o‘t qo‘ygan ayollar sabab shelter ochgan Bibisora Oripova bilan suhbat
8 noyabr 2022, 16:27

«Bu yerdagi ayollarning borar joyi yo‘q». O‘ziga o‘t qo‘ygan ayollar sabab shelter ochgan Bibisora Oripova bilan suhbat

Samarqanddagi «Rahmdillik» shelterida zo‘ravonlikka uchragan ayollar bir yilgacha yashashi mumkin. «Ammo bir yildan ko‘p vaqt yashaydiganlar ham bor. Ularning muammosi juda chigal. Shu sababli chiqarib yubora olmayman», — deydi jamiyat rahbari Bibisora Oripova.

Sud to‘yda kelinni urgan kuyovni jazolamadi
19 iyun 2022, 11:36

Sud to‘yda kelinni urgan kuyovni jazolamadi

Surxondaryodagi to‘yda kelinni urgan kuyov jazodan qutulib qoldi. Sud kelinning da’vo va arizasi yo‘qligi sababli ma’muriy jazo qo‘llamadi.

BMT Afg‘oniston hukumatini ayollarga nisbatan zulm o‘tkazish siyosatidan voz kechishga chaqirmoqda
16 iyun 2022, 18:27

BMT Afg‘oniston hukumatini ayollarga nisbatan zulm o‘tkazish siyosatidan voz kechishga chaqirmoqda

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Afg‘oniston muvaqqat hukumati tomonidan ayollar huquqlarining cheklanishini «ayollarga nisbatan institutsional tizimli zulm» deb atadi. Shu bilan birga, mamlakatdagi gumanitar inqiroz fonida aholining 93 foizi to‘yib ovqatlanmaydi, deya ma’lum qildi BMT.

«Tolibon» qizlarning ta’limi olishini cheklamoqda, Kobulda davlat xizmatidagi ayollar ishga chiqishi taqiqlandi
21 sentabr 2021, 12:47

«Tolibon» qizlarning ta’limi olishini cheklamoqda, Kobulda davlat xizmatidagi ayollar ishga chiqishi taqiqlandi

«Tolibon» o‘rta ta’limdagi qizlarning maktabga borishini chekladi. Kobulda davlat xizmatida ishlovchi ayollarga ishga chiqish taqiqlanib, faqat ayrim kasb egalariga ishlashga ruxsat berildi. «Tolibon» rasmiylari bu holatlarni «xavfsizlik nuqtai nazaridan» deya izohlamoqda. «Kasbim bo‘lmasa, o‘qishimga ruxsat berishmasa, xavfsizlikning men uchun hech qanday ahamiyati yo‘q. Bu xavfsizlik faqat «Tolibon»ga kerak», — deydi tibbiyot sohasida ta’lim oluvchi afg‘on qizi. «Tolibon» matbuot xizmati vakili hukumatda ayollarga zarurat yo‘qligini, ularning vazifasi bolalarni dunyoga keltirish va tarbiyalash ekanligini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting